Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi
Istanbul · Fotih · Oktyabr qabuli
Istanbulning ko'hna Islom markazi - Fotihda

Diningizni ishonchli manbadan o'rganishga qulay imkoniyat. 

Qur'on, Ilmu hol, Arab tili va Siyrat. Darslar o'zbek tilida. Boshlang'ich bilim shart emas — noldan boshlaysiz.

Kimlar uchun
16+ (o'gil bollar)
Muddat
2,5 / 5 / 7,5 / 10 oy
Dars tili
O'zbek tili
Jadval
Haftada 6 kun, har kun: 6-7 soat dars
Kirish imtihoni
Yo'q — faqat suhbat
Yakunda
Akademiya tomonidan Shahodatnoma
Nimani o'rganasiz

To'rt yo'nalish — bir dasturda

Dastur bir-birini to'ldiruvchi to'rt fandan iborat. Har biri alohida ustoz tomonidan olib boriladi.

Qur'on

Qur'onga tushish, tajvid qoidalari, 2 pora yod olish va xatm qilish mahorati. Arab ustozdan to'g'ridan to'g'ri.

Ilmihol

Musulmonning kundalik hayotida kerak bo'ladigan asosiy aqida, fiqh va ruhiy tarbiya darslari: amaliy va tushunarli tarzda.

Arab tili

0 dan o'qish, yozish, eshitish va gapirish mahoratigacha. 

Siyrat

Payg'ambarimiz tarixi, Islomning tug'ilishi va saodat asri

Darslarni kimlar o'tadi? Asosiy darslarni O‘zbekistondagi rasmiy Islom bilim yurtlari - Madrasa va Ma’hadlarni tamomlagan ustozlar olib boradi. Barcha darslar Ahli Sunna val jamoa mazhabiga muvofiqdir. 
Bir kuningiz qanday o'tadi

Ertalab darslar, asrdan keyin saboqni mustahkamlash vaqti

Haftada 6 kun o'qiysiz. Asosiy darslar 13:00 gacha tugaydi — qolgan vaqt to'liq sizniki.

Ertalab

Nonushta

Turk kahvalti - nonushtasi Bu to'lov ichiga kiradi.

13:00 gacha

Asosiy darslar — 4 para

Qur'on, Ilmu hol, Arab tili va Siyrat. Haftada 6 kun.

13:00 dan keyin

O'z ustida ishlash va vazifalar

Murojaa (takrorlash) darslari, uyga vazifalarni bajarish, yodlash. Aynan shu vaqtda o'qishdan tashqari ishlaringizga ham ulguradi.

Kechqurun

Kechki ovqat

Kuniga 2 mahal ovqat — nonushta va kechki ovqat — to'lov ichida.

Har saviyada

Jamoaviy sayohat

Har bir 2,5 oylik saviya davomida 1 marta jamoaviy ziyorat va sayohatga chiqiladi.

Muddat va to'lov

O'zingizga mos muddatni tanlang

Har bir bosqich 2,5 oy davom etadi. Xohlasangiz 2,5 oylik bosqichni tugatib qaytshingiz mumkin, hohlasangiz qolgan bosqichlarni davom ettirishingiz mumkin— bu sizning yanlovingizga qoladi. Quyida bosqich ta'riflari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. 

1-bosqich

2,5 oy

Ta'lim600 $
Yotoqxona + ovqat625 $
Yashash ruxsatnomasikerak emas
Jami taxminan1 225 $
Ommabop
1–2-bosqich

5 oy

Ta'lim1 200 $
Yotoqxona + ovqat1 250 $
Yashash ruxsatnomasi~1 200 $
Jami taxminan3 650 $
1–3-bosqich

7,5 oy

Ta'lim1 800 $
Yotoqxona + ovqat1 875 $
Yashash ruxsatnomasi~1 200 $
Jami taxminan4 875 $
To'liq kurs

10 oy

Ta'lim2 400 $
Yotoqxona + ovqat2 500 $
Yashash ruxsatnomasi~1 200 $
Jami taxminan6 100 $
Muhim: ta'lim to'lovi, yotoqxona-ovqat to'lovi va yashash ruxsatnomasi alohida-alohida hisoblanadi va alohida to'lanadi. Yuqoridagi "jami" — shu uchtasini qo'shganda chiqadigan taxminiy summa, o'zingizga qulay bo'lsin uchun hisoblab qo'yilgan.
  • Yotoqxona va ovqat — oyiga 250 $, har oy to'lab boriladi.
  • Yashash ruxsatnomasi — faqat 5, 7,5 va 10 oylik dasturlar uchun, ~1 000 $ atrofida.

To'lovni qanday amalga oshirasiz

  • 2,5 oylik dastur — to'lov bir marotabada, to'liq amalga oshiriladi.
  • 5, 7,5 va 10 oylik dasturlar — ta'lim to'lovini 2 qismga bo'lib to'lash mumkin.

To'lovga kirmaydigan xarajatlar

  • Aviachipta — borish va kelish.
  • Kitob va o'quv qurollari. Akademiya kerakli kitoblarni tavsiya qiladi, talaba sotib oladi. Aniq summasi qabul jarayonida aytiladi.
Yashash sharoiti

Fotih masjidining panasida yashaysiz

Yotoqxona Istanbulning Fotih tumanida, Fotih masjidiga atigi 150 metr masofada joylashgan.

Yotoqxona

  • Har bir xona 4 kishiga mo'ljallangan.
  • Bino barcha zaruriy qulayliklarga ega:
    Sport zali
    Masjid
    Kofiteriya
    Kutubxona

Ovqatlanish

  • Jami kuniga 2 mahal ovqat — to'lov ichida.

Aeroportdan qanday yetib borasiz

  • Mustaqil kelish: sizga manzilgacha yetib olish bo'yicha to'liq video qo'llanma beriladi.
  • Kutib olish xizmati: belgilangan to'lovni amalga oshirsangiz, mas'ullar aeroportga chiqib sizni kutib oladi.

Tartib-intizom

  • Talabalar akademiyaning to'liq ichki tartibiga amal qilishlari shart.
  • Sog'liq muammosi bo'lsa birinchi yordam ko'rsatiladi, jiddiy holatda shifoxonaga olib boriladi. Xarajatlarni talaba qoplaydi.
Hujjatlar va qonuniylik

Hammasi rasmiy yo'l bilan

Faqat qizil (xorijga chiqish) pasportingiz bo'lsa yetarli. Qolganiga yordam beramiz.

2,5 oylik dastur

  • O'zbekiston fuqarosi Turkiyada 90 kun vizasiz yashash huquqiga ega.
  • Shuning uchun yashash ruxsatnomasi (iqoma) kerak emas.

5, 7,5 va 10 oylik dasturlar

  • Bir yillik talabalik yashash ruxsatnomasi olinadi.
  • Iqoma xarajati — 1 200 $ 
  • Talaba Istanbuldagi rasmiy universitetlardan qayddan o'tkaziladi.
  • Akademiya sizni o'zi ishonadigan, ruxsatnomani rasmiylashtirib beradigan shirkatga yo'naltiradi.
  • Ruxsatnoma berilmay qolgan holat deyarli uchramagan.
Qabul shartlari

Kim topshira oladi?

Diniy bilimingiz bo'lmasa ham topshiraverasiz — kirish imtihoni yo'q, faqat suhbat.

YOSH

16 yoshdan yuqori o'gil bollar

18–35 yosh: yashash ruxsatnomasi va yotoqxona masalasida to'liq amaliy yordam beriladi.

35 yoshdan yuqori: talabalik guvohnomasi bo'lganlar akademiya yotoqxonasida qolishlari mumkin. Talabalik guvohnomasi bo'lmaganlar turar joyni o'zlari hal qiladilar.

FUQAROLIK

Faqat O'zbekistondan emas

Dasturda har qanday o'zbek zabon shaxs qatnasha oladi. Yevropa, Rossiya, Koreya va boshqa davlatlarda yashovchi o'zbeklar ham topshirishi mumkin.

BILIM

Boshlang'ich bilim shart emas

Arab tili yoki diniy bilim talab qilinmaydi. Ilmiy saviya so'ralmaydi — qabul suhbat orqali amalga oshiriladi.

MUDDAT

Qabul har 2,5 oyda

Qabul har 2,5 oyda qayta ochiladi. Darslar oktyabr oyidan boshlanadi. Joylar cheklangan


Qanday qo'shilasiz

4 qadam — hammasi shu

Ro'yxatdan o'tgach, 3 kun ichida o'zimiz siz bilan bog'lanamiz.

Ro'yxatdan o'ting

Havola orqali qisqa anketani to'ldirasiz. Bir necha daqiqa vaqt oladi.

Biz aloqaga chiqamiz

3 kun ichida mas'ul xodim siz bilan bog'lanadi.

Suhbatdan o'tasiz

Imtihon emas — oddiy suhbat. Maqsadingiz va muddatingizni aniqlab olamiz.

To'lov va yo'lga tayyorgarlik

Joyingiz band qilinadi, hujjat va yo'l masalasida yo'l-yo'riq beriladi.

Ko'p beriladigan savollar

Savolingizga javob

Dars va dastur

Modullar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
Bular ketma-ket saviyalar. Har bir saviya 2,5 oy davom etadi. Qancha muddatga yozilsangiz, shuncha saviyani bosib o'tasiz.
2,5 oylikni tugatib, keyin muddatni uzaytirsam bo'ladimi?
Ha. O'z xohishingizga ko'ra keyingi saviyaga o'tib, o'qishni davom ettirasiz.
Sertifikat beriladimi?
Ha. Dastur yakunida Shayx Muhammad Sodiq akademiyasi tomonidan sertifikat topshiriladi.
Darslar qaysi tilda?
Asosiy darslar o'zbek tilida. Arab tilidagi so'zlashuv yo'nalishi arab tilida, Qur'on esa arab ustozga topshiriladi.

Pul masalasi

Bo'lib to'lash mumkinmi?
2,5 oylik dastur to'lovi bir marotabada to'liq amalga oshiriladi. 5, 7,5 va 10 oylik dasturlarda ta'lim to'lovini 2 qismga bo'lib to'lasangiz bo'ladi. Yotoqxona va ovqat to'lovi esa har oy alohida to'lanadi.
To'lov qaytariladimi?
Talaba kelib, o'qishni boshlab, muddat o'rtasida ketaman desa — to'lov qaytarilmaydi. Sababi: har bir kishi uchun joy oldindan band qilinadi, ustozlar va boshqa xarajatlar qilinadi.
Aviachipta narxi to'lov ichidami?
Yo'q. Ta'lim, yotoqxona-ovqat va yashash ruxsatnomasidan boshqa barcha xarajatlar talabaning o'z hisobidan bo'ladi.
Aeroportda kutib olish qancha turadi?
Narxini adminlardan bilib olasiz. Xohlasangiz mustaqil ham kelishingiz mumkin — buning uchun to'liq video qo'llanma beriladi.

Shaxsiy masalalar

O'qish bilan birga onlayn ishlay olamanmi?
Ha. Asosiy darslar 13:00 gacha tugagani uchun kuniga 2–3 soat vaqt ajratib ishlash imkoni bor.
Oilamni olib kelsam bo'ladimi?
Ha, mumkin. Bu holatda talaba o'zi turar joy topadi va akademiya yotoqxonasi uchun to'lov qilmaydi.

Hujjat va qabul

Qanday hujjat kerak?
Faqat qizil (xorijga chiqish) pasport yetarli.
Hujjat rasmiylashtirishda yordam berasizmi?
Ha. Nomzod akademiya ishonch bildirgan, yashash ruxsatnomasini rasmiylashtirib beradigan shirkatga yo'naltiriladi.
Kirish imtihoni bormi?
Yo'q. Ilmiy saviya talab qilinmaydi — qabul suhbat orqali amalga oshiriladi.
Ro'yxatdan o'tsam qachon javob beriladi?
Havola orqali ro'yxatdan o'tasiz, 3 kun ichida siz bilan aloqaga chiqiladi.
Darslar qachon boshlanadi?
Darslar oktyabr oyidan boshlanadi. Qabul esa har 2,5 oyda qayta ochiladi.

Joylar cheklangan.
Oktyabr guruhiga yoziling.

Ro'yxatdan o'tish bepul va hech narsaga majburlamaydi. 3 kun ichida siz bilan bog'lanamiz va barcha savolingizga javob beramiz.